180 ming nafarga yaqini  — umumiy qabul parametrlari doirasida;

13,5 ming nafarga yaqini — imtiyozga ega abituriyentlar uchun ajratilgan qoʻshimcha qabul parametrlari doirasida tavsiya etilgan.

Jumladan:

  • nogironligi boʻlgan shaxslar — 3,5 ming nafar;
  • “Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari boʻlgan chin yetimlar, SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylari bitiruvchilari, shuningdek, vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar  — 261 nafar;
  • muddatli harbiy xizmatni oʻtab, harbiy qism qoʻmondonligining tavsiyanomasiga ega boʻlganlar — 4,2 ming nafar;
  • harbiy xizmatchilarning farzandlari — 2,1 ming nafar;
  • Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari — 720 nafar;
  • ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar — 1,9 ming nafar;
  • kamida 5 yil ish stajiga ega xotin-qizlar — 351 nafar.