Ushbu masalalarni hal etish uchun 200 milliard soʻm ajratilsa, kamida 3 million turistni jalb qilish mumkin.

Shu munosabat bilan mutasaddilarga:

viloyat hokimlari bilan birga bir oy muddatda turizm mahallalarida yoʻl, elektr, suv va internet muammosini hal etish boʻyicha hukumat qarorini kiritish;

ushbu dasturni moliyalashtirishga yiliga 200 milliard soʻm ajratish;

yil yakunigacha oilaviy mehmonxonalarni koʻpaytirish uchun oilaviy tadbirkorlik dasturlariga qoʻshimcha 500 milliard soʻm yoʻnaltirish;

kelgusi yil 1-aprelga qadar Koreya tajribasi asosida 135 ta turizm mahallasini tadbirkorlarga boshqaruvga berib, ularni tematik turizm qishloqlariga aylantirish topshirildi.