Tadbirda Andijon davlat tibbiyot instituti talabasi A.Q. fuqaro M.ni tanishlari yordamida ushbu institutiga 14 000 AQSH dollari evaziga oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilib, shundan 7 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.