Shundan 750 dan ortigʻini viloyat, 150 dan ziyodini tuman darajasida bajarish oʻzlashtirildi.

Joriy yilning oʻtgan 6 oyida:

4,3 million nafar 40 yoshdan oshgan fuqarolar kardiologik va qandli diabet kasalligini erta bosqichda aniqlash boʻyicha skrining tekshiruvlaridan oʻtkazildi.

14 ming nafar imtiyozli toifadagi bemorda yuqori texnologik amaliyotlar bajarildi.

Shuningdek, Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarining 1500 nafardan ziyod mutaxassislari joylarga chiqib, 50 mingga yaqin bemorlarga tibbiy xizmat koʻrsatdi.

Xorijdan 40 ming nafarga yaqin bemorlar davolanish uchun qabul qilindi.

Yil yakuniga qadar:

100 turdan ortiq yangi tashxislash va davolash uslublari amaliyotga tatbiq etiladi.

Natijada:

Har bir hududda qoʻshimcha ravishda yana 1000 nafargacha bemorlarga yuqori texnologik tibbiy yordam koʻrsatish imkoniyati yaratiladi.