Qayd etilishicha, Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti bugungi kunda xalqaro tashkilotlar BIPM (xalqaro tashkilot), COOMET (Yevro-osiyo tashkiloti), APMP (Tinch okean mintaqasi tashkiloti), ILAC (Akkreditatsiya boʻyicha xalqaro tashkilot) tomonidan tan olingan.

Shuningdek, Oʻzbekiston Akkreditatsiya markazi muvofiqlikni baholash idoralarini akkreditatsiya qilish Butun jahon uyushmasi
IAF ning toʻlaqonli va laboratoriyalarni akkreditatsiyalash boʻyicha xalqaro tashkilot ILAC ning muxbir aʼzosi boʻldi.

Bugungi kunda Oʻzbekistonda Akkreditatsiya tizimida 64 ta xalqaro standart qabul qilingan boʻlsa, 32 ta malakali mutaxassis tayyorlandi. Xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda 82 ta asos boʻluvchi hujjat ishlab chiqildi.

Bugungi kunda yurtimizda 51 ta xususiy sertifikatlashtirish idorasi hamda 268 ta sinov laboratoriya faoliyat koʻrsatmoqda.

Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xorij bozorlariga olib chiqish uchun sharoit yaratish maqsadida 12 ta sinov laboratoriya xalqaro darajada akkreditlangan.