Sifati kafolatlanmagan dori vositalarini yurtimizga yashirincha olib kirishga boʻlgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Navoiy” chegara bojxona postiga qoʻshni mamlakatdan kirib kelgan fuqaro U.Ye. boshqaruvidagi “GAZ 172421” rusumli yuk avtotransport vositasi oʻrnatilgan tartibda bojxona nazoratidan oʻtkazildi.
Natijada, avtomashina yukxonasida eksport bojxona yuk deklaratsiyasida va yoʻl yuk kuzatuv xujjatlarida yozib koʻrsatilmagan 2 xil turdagi, umumiy qiymati 146,4 million soʻmlik, biologik faol qoʻshimchalar borligi aniqlandi.