Ushbu bayram BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1993-yil 20-sentyabrdagi Xalqaro oila yili toʻgʻrisidagi rezolyutsiyaga muvofiq 1994-yilning 15-mayidan buyon muntazam ravishda nishonlanib keladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-3808-son qaroriga muvofiq, 15-may har yili Xalqaro oila kuni sifatida respublika boʻylab keng nishonlanishi belgilab qoʻyilgan.