Jumladan, Rossiya Federatsiyasining “Tex Stroy” korxonasi bilan imzolangan kelishuvga muvofiq, viloyatlarda oʻtkazilgan tanlovlarda ishtirok etib, tibbiy koʻriklardan muvaffaqiyatli oʻtgan 15 nafar fuqaro Moskva shahrida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Toshkent-Moskva aviareysi orqali tashkillashtirilgan holda joʻnab ketdi.

Mehnat migrantlari huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tarqatma materiallar berildi.

Maʼlumot oʻrnida, joriy yilning iyun oyida Rossiya Federatsiyasiga 267 nafar fuqaro vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun joʻnatilgan, deb xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.