Bu yil mutaxassisliklar roʻyxati kengaytirilib, ovoz rejissyorligi va aktyorlik sanʼati kabi yangi yoʻnalishlar qoʻshildi. Besh yoʻnalish boʻyicha eʼlon qilingan oʻrinlar uchun respublikaning barcha hududlaridan 33 ta talabgorlar tanlab olindi.

14-mart kuni Rossiya Fan va madaniyat markazida abituriyentlar oʻrtasida birinchi bosqich, 17-aprel kuni esa suhbat shaklidagi ikkinchi saralash bosqichi oʻtkazildi.

Imtihon komissiyasi tarkibida chet ellik mutaxassislardan tashqari, Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi Bosh direktorining birinchi oʻrinbosari, filologiya fanlari nomzodi Shuhrat Rizayev va Agentlik ijro apparati rahbari, Sanʼatshunoslik fanlari boʻyicha falsafa doktori Eldor Yoʻldoshevlar ham ishtirok etishdi.

Uchinchi, ijodiy bosqich joriy yilning iyul oyida oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Kirish imtihonlari Butunrossiya davlat kinematografiya instituti (VGIK)ning professor‐oʻqituvchilari ishtirokida boʻlib oʻtadi.

Kinematografiya agentligi axborot xizmati