Prezidentning 2026 yil 12 maydagi PF–84-son farmoniga muvofiq, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi hamda O‘simliklar himoyasi va karantini agentligi negizida Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi va Chorvachilik va yaylov xo‘jaligini rivojlantirish agentligi tashkil etilgan.
Yangi idoralar avvalgi tashkilotlarning tegishli funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari, shuningdek, shartnomalari hamda xalqaro bitimlari bo‘yicha huquqiy vorislari etib belgilangan.
Hozirda har ikki tashkilotning faoliyati yo‘lga qo‘yilgan va ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
Shu munosabat bilan Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi o‘z faoliyatini to‘liq yakunlaganini ma’lum qildi.
Endilikda ushbu soha oid masalalar bo‘yicha Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi yoki Chorvachilik va yaylov xo‘jaligini rivojlantirish agentligiga murojaat qilish mumkin.