15,5 million dollarlik Koreya Respublikasi granti nodir metallurgiyani rivojlantirishga yo‘naltiriladi

    Xalqaro hamkorlik 30 Iyul 2021 1027

    Koreya Respublikasidan 15,5 million dollarlik grant. Bu mablag‘ Toshkent viloyatida nodir metallurgiyani rivojlantirish uchun ajratiladi.

    Toshkent viloyati innovatsion rivojlanish hududiy boshqarmasi xodimlari O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘mita ishchi guruhi yig‘ilishida ishtirok etdi.

    Unda mutaxassislar tomonidan ODA dasturi doirasida rivojlanish bo‘yicha rasmiy ko‘mak — Koreya Respublikasi Hukumatining jami 15,5 million dollar miqdoridagi grant mablag‘larini jalb qilish yo‘li bilan «Olmaliq KMK» AJning nodir metallar va qattiq qotishmalar ilmiy-texnologik markazining tajriba-ishlab chiqarish ustaxonasini jihozlash masalalari muhokama qilindi.

    Ushbu loyihaning amalga oshirilishi laboratoriyada ishlab chiqiladigan texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish samaradorligini oshiradi. Nodir metallar sohasida ODA dasturini amalga oshirish yuqori toza volfram, molibden va reniy ishlab chiqarishga, xizmat qiladi, deb xabar beradi Toshkent viloyat hokimligi matbuot xizmati.