Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-sentyabr oylarida 29 031 ta nikohdan ajralishlar qayd etilgan.

Jami nikohdan ajralish davrida (2021-yil yanvar-sentyabr):

Farzandsiz ajrashish – 51,1 foiz;

Bitta farzand bilan ajrashish – 28,1 foiz;

Ikkita farzand bilan ajrashish – 15,8 foiz;

Uchta farzand bilan ajrashish – 4,2 foiz;

Toʻrt va undan ortiq farzand bilan ajrashish – 0,9 foiz.