Ushbu sanani nishonlash taklifi BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti — FAO tomonidan 1979-yilda o'tkazilgan konferensiyada ilgari surilgan.
1980-yil 5-dekabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 35-sessiyasida qabul qilingan rezolyutsiya bilan esa 16-oktyabr — Jahon oziq-ovqat kuni, deb e'lon qilindi. Shu kundan boshlab har yili ushbu sana BMTga a'zo davlatlar orasida keng nishonlab kelinadi. Sana munosabati bilan har yili ma'lum mavzuga yo'naltirilgan shior ham tanlanadi. Joriy yilda ushbu sana “Suv — hayot uchun, suv — oziq-ovqat uchun” shiori ostida nishonlanmoqda.
FAO ma'lumotlariga ko'ra, bugungi kunda 2 milliarddan ortiq odam xavfsiz va sifatli oziq-ovqat bilan ta'minlanmagan. 2020-yilda pandemiya sababli ochlikda kun kechirayotgan odamlar soni 690 million kishiga etgan. Shu bois, Bosh Assambleya qabul qilingan hujjatda hukumatlar, milliy, mintaqaviy va xalqaro tashkilotlarni ushbu kunni keng miqyosda yuqori darajada nishonlashga chaqiradi.