Sh.Soatova, Samarqand shahri:

— Farzandim hali 16 yoshga toʻlmagan, uning ismini oʻzgartirmoqchimiz. Buning tartibi qanday?

Savolga Samarqand shahar 2-son FXDYO boʻlimi mudirasi Shohida Nurullayeva javob beradi.

— Oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxslarning tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga oʻzgartirishlar kiritish ularning ota-onasining yoki qonuniy vakillarining arizasiga koʻra amalga oshiriladi.

Bolaning ismini almashtirish uchun uning tugʻilganligi qayd eilgan FXDYO boʻlimiga ota-onasi shaxsini tasdiqlovchi hujjat, nikoh guvohnomasi va tugʻilganlik haqidagi guvohnomaning asli bilan murojaat etishi kerak. Ota-ona belgilangan shakldagi arizani toʻldirgach, 10 foiz davlat boji, 15 foiz gerb yigimi va 5 foiz pullik xizmat toʻlovi amalga oshiriladi. Shundan soʻng, belgilangan muddat ichida bolaning oʻzgartirilgan ism bilan rasmiylashtirilgan tugʻilganlik haqidagi guvohnoma beriladi.