Air Astana aviakompaniyasi 17-avgustdan Olmaotadan toʻgʻridan-toʻgʻri Dubayga reyslarni yoʻlga qoʻyadi, deb xabar beradi milliy aviatashuvchi matbuot xizmati.
Parvozlar haftasiga uch marta — dushanba, chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.
Kompaniyada tashqaridan keluvchilar uchun ham, mahalliy aholi uchun ham BAAga kirish tartiblari eslatildi:
- Dubayga uchib keladigan barcha yoʻlovchilar COVID-19ga topshirilgan va qoniqarli test natijalari haqida ingliz yoki arab tilidagi maʼlumotnomaga ega boʻlishlari kerak. 12 yoshgacha boʻlgan bolalar va ogʻir holatdagi nogiron test topshirbshdan ozod etiladi.
- Yoʻlovchi aeroportga yetib kelgach yana bir mfrotaba test topshirishi va uning javobi chiqmaguncha uyidan chiqmasligi kerak boʻladi.
Shuningdek, Air Astana aviakompaniyasi BAAdan uchib kelgan yoʻlovchilar 48 soat ichida test topshirishlari yoki uy karantinida boʻlishlari kerakligini eslatadi.
Epidemiologik holatning yaxshilanishini hisobga olgan holda Qozogʻiston xalqaro aviaqatnovlarni tiklash masalalarini oʻrganib chiqyapti, deyiladi Qozogʻistonning informByuro axborot manbasida