17 ta gol urilgan oʻyinda Oʻzbekiston Eronga magʻlub boʻldi

    Sport 24 Sentabr 2021 1024

    Litvada oʻtayotgan futzal boʻyicha jahon chempionati 1/8 finalida Oʻzbekiston milliy jamoasi Osiyoda tengsiz sanalgan Eron bilan murosasiz bahs yuritdi.

    Tengma-teng kurashlar ostida kechgan oʻyinda aniqlik va tajriba borasida ustun boʻlgan forslar 9:8 hisobida gʻalaba qozonib, chorakfinalga yoʻl olishdi.

    Oʻz tarixida ikkinchi bor mundialda qatnashib, ilk marta pley-offda oʻynagan Oʻzbekiston turnirni qahramonlarcha tark etdi.