17 yoshli oʻsmir 100 ming soʻmlik kupyurani soxtalashtirib, doʻkonlar orqali muomalaga kiritdi

    U soxta pullarga shirinlik va tetiklashtiruvchi ichimliklar xarid qilgan.

    Zarafshon shahrida tugʻilgan 17 yoshli bola 100ming soʻmlik kupyuralardan 10 donasini qalbakilashtirib, muomala kiritishga uringan.

    Qalbaki pullarni bir nechta savdo doʻkonlariga oʻtkazgan. Soxta pullarga esa shirinlik va tetiklashtiruvchi ichimliklar xarid qilib, qaytim uchun berilgan haqiqiy pullarga ega boʻlgan.

    Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.