Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlanishicha, muqaddam sudlangan fuqaro R.T. tanishi M.X.ning ishonchiga kirib, unga 4 tonna pomidor yetkazib berish bahonasida 4 000 AQSH dollarini olgan va mazkur mablagʻni oʻz ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Keyinchalik pul mablagʻlarini qaytarmaslik maqsadida R.T. jabrlanuvchiga 100 AQSH dollarlik kupyuralardagi qalbaki 4 000 AQSH dollarini bergani maʼlum boʻldi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markalari yoki qimmatli qogʻozlar tayyorlash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.