Bojxona idoralari tomonidan tovar moddiy boyliklarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi “Olot” chegara bojxona postiga qoʻshni mamlakatdan kirib kelgan fuqaro H.S. boshqaruvidagi yuk avtomashinasi bojxona xodimlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda bojxona koʻrigidan oʻtkazildi.

Bojxona koʻrigi davomida tovarning yuk kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilganidan ortiqcha boʻlgan, umumiy qiymati salkam 98 million soʻmlik tovar moddiy boyliklari borligi aniqlandi.

Yana bir holatda, mazkur postga kirib kelgan, fuqaro S.S boshqaruvidagi “Mersedes-Benz” rusumli yuk avtomashinasi bojxona koʻrigidan oʻtkazildi.

Natijada, avtomashina yukxonasida yuk kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilganidan ortiqcha boʻlgan, umumiy qiymati 80 mln. soʻmlik xurmo borligi aniqlandi.