18-apreldan karantin qoidalariga amal qilinishini nazorat qilish yana-da kuchaytiriladi

    Salomatlik 17 Aprel 2021 1743

    Poytaxtimizda Oʻzbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha respublika maxsus komissiyasi kengaytirilgan yigʻilishi davom etmoqda.

    Unda taʼkidlandiki, 18-apreldan karantin qoidalariga amal qilinishini nazorat qilish yana-da kuchaytiriladi.

    Bogʻcha va maktablarda kasallanish holati aniqlangan taqdirda, ularning faoliyatini zudlik bilan toʻxtashish va 2 haftaga karantinga olish belgilandi. Ushbu vaqt mobaynida ular onlayn tartibida faoliyat yuritadi.

    Yirik savdo majmualari va bozorlarda, doʻkonlarda karantin qoidalariga qatʼiy amal qilinishi, jumladan, qoʻllarni antitseptik vositalari bilan zararsizlantirish, odamlarning tibbiy niqob taqishi, ijtimoiy masofa saqlashi qatʼiy nazorat qilinadi.

    Ayni Ramazon oyida taroveh namozlarini ochiq hududlarda ado etish, iftorliklarni imkon qadar oila davrasida yoki 100 kishidan oshmagan holatda oʻtkazish zarurligi taʼkidlandi.

    1-maydan boshlab, konsert tomosha tadbirlarini yopiq maskanlarda oʻtkazish kabi qator cheklovlar belgilandi.