Bu haqida Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Ulug‘bek Muhamedov ma'lum qildi.

"O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida"gi qonuni 21-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining milliy manfaatlaridan kelib chiqib, Prezident tomonidan chet davlatlarning fuqarolariga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga qonunda belgilangan talablar (chet davlat fuqaroligidan voz kechishi, respublika hududida fuqaroligi bo‘lmagan shaxs maqomida 5 yil muqim yashashi, qonuniy tirikchilik manbaiga ega bo‘lishi, davlat tilini lozim darajada bilishi) qo‘llanilmagan holda O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini berishi mumkinligi belgilangan.

Joriy yil boshidan buyon hozirga qadar 18 nafar Rossiya Federatsiyasi fuqarosi O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingan.