Almas Rahmatullayev musobaqaning kechki bosqichida 11 imkoniyatdan 8 ball toʻplab toʻrt karra jahon chempioni boʻlgan Magnus Karlsenni magʻlub etdi.

“Titled Tuesday” turniri Chess.com saytida oʻtkaziladigan mashhur onlayn turnir hisoblanib, unda dunyoning turli burchaklaridan “titled”, yaʼni shaxmatda eng kamida sport ustasi unvoniga ega boʻlgan shaxmatchilar “blis” formatda raqobatlashadi.

Ushbu musobaqada Rahmatullayev sovrinli oʻrinlarga kira olmagan boʻlsada bir qancha kuchli shaxmatchilarni magʻlubiyatga uchratgani bilan eʼtiborga molik oʻyin koʻrsatdi.