Tekshiruvda “N.N.” fermer xoʻjaligi rahbari N.N. YATT N.M. va fuqaro M.Sh.ning ishonchiga kirib, ularga xoʻjalikning suvli yer maydonidan dehqon xoʻjaligi tashkil qilish uchun yer ajratib berishni vaʼda qilib, tadbirkor N.ning 9 500 AQSH dollari va fuqaro Sh.ning 10 200 AQSH dollarini olib, Samarqand tumani hokimining 31.12.2020-yildagi soxta qarorini ariza mualliflariga taqdim qilganligi aniqlangan.

Tekshiruv davomida N.N. tomonidan oʻz aybiga iqror boʻlib 500 AQSH dollari va 4,5 mln soʻmni ixtiyoriy qaytarganligi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-6-moddasi (sugʻoriladigan yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga boʻlgan huquqni sotish yoxud qonunga xilof ravishda boshqacha tarzda oʻzga shaxsga berish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.