“Mahalla yettiligi” chet elda ishlash istagidagi fuqarolarga bu imkoniyatlarni tushuntirib, nomzodlarni “Onlayn mahalla” platformasiga kiritadi. Hokimlar va mas’ul tashkilotlar ularni kasb hamda tilga maqsadli tayyorlash, keyin esa ishga joylashtirish uchun javob beradi. 

Viloyat hokimlari har oyda bir marta, tuman hokimlari ikki marta migratsiyaga mas’ullar va “yettilik” ishtirokida ish natijalarini ko‘rib chiqadi. Har bir nomzodning tayyorgarligi va ishga joylashishi bo‘yicha talabchan nazorat o‘rnatiladi. 

Prezidentimiz ta’kidlaganidek, xorijda yuqori daromadli ish o‘rinlarini ochish uchun ish beruvchilar bilan kelishuvning o‘zi kifoya qilmaydi. Rivojlangan davlatlar bilan faol iqtisodiy diplomatiya olib borib, kvotalar, ishchi vizalar va malakani tan olish masalalarini izchil hal qilish kerak.