Berilgan xabarga ko‘ra, ertaga Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -1° sovuq — 1° iliq, kunduzi 5-7° iliq bo'ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushadi. G'arbiy shamol yo'nalishini o'zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6° sovuq, kunduzi 1-6° iliq; Ustyurtda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo'ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushadi. G'arbiy shamol yo'nalishini o'zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq; cho'l hududlarda ba'zi joylarda kechasi 1-6° sovuq, kunduzi 1-6° iliq bo'ladi.
Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushadi. G'arbiy shamol yo'nalishini o'zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo'ladi.
Samarqand, Jizzax viloyatlarida havo o'zgarib turadi, ba'zi joylarda biroz yog'ingarchilik (yomg'ir, qor) bo'lishi mumkin. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. G'arbiy shamol yo'nalishini o'zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo'ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushadi. G'arbiy shamol yo'nalishini o'zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo'ladi.
Andijon, Namangan, Farg'ona viloyatlarida havo o'zgarib turadi, ba'zi joylarda biroz yog'ingarchilik (yomg'ir, qor) bo'lishi mumkin. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. G'arbiy shamol yo'nalishini o'zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2—7° iliq, kunduzi 4—9° iliq bo'ladi.
Respublikamizning tog'li hududlarida havo o'zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog'ingarchilik (yomg'ir, qor) bo'ladi. Ba'zi joylarga tuman tushadi. Qor ko'chishi xavfi bor. G'arbiy shamol yo'nalishini o'zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2—7° sovuq, kunduzi -2° sovuq — 3° iliq bo'ladi.