Tribuna.uz sayti xabarida aytilishicha, “Borussiya” Dortmund klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar orasida eng istiqbolli deb topilgan.
Bu roʻyxatda ikkinchi oʻrinni “Barselona” yarim himoyachisi Pedri, uchinchi oʻrinni esa uning klubdoshi Anssumane Fati egallagan.
Top-10talikdan Harvi Elliot (“Liverpul”), Jamol Musiala (“Bavariya”), Gavi (“Barselona”), Fabio Karvalyu (“Fulhem”), Andrik (“Palmeyras”), Florian Virs (“Bayer”), Rayan Gravenberx (“Ayaks”) ham joy olgan.