Qayd etilishicha, shu yilning 9-iyuldan 9-avgustga qadar quyidagi yoʻnalishlar harakati Milliy bogʻ koʻchasi orqali tashkil etiladi.

  • 190-sonli avtobus yoʻnalishi Yangibozor ASHB — Mashinasozlar metro bekati ASHB yoʻnalishida avtobuslar Milliy bogʻ koʻchasi orqali harakatlanadi. Qaytish yoʻnalishi oʻzgarishsiz.
  • 106-sonli avtobus yoʻnalishi Saodat savdo markazi — Akfa Universiteti yoʻnalishida avtobuslar Milliy bogʻ koʻchasi orqali harakatlanadi. Qaytish yoʻnalishi oʻzgarishsiz.

Yoʻlovchilardan ushbu vaqtinchalik oʻzgarishlarni inobatga olish va safarlarini oldindan rejalashtirish soʻraladi, — deyiladi xabarda.