194 ta poligondan resursini oʻtab boʻlganlari yopiladi

    Chiqindi poligonlarini tartibga keltirish va chiqindilarni qayta ishlash boʻyicha ham yangi tizim tashkil etilishi belgilandi.

    Mavjud 194 ta poligondan resursini oʻtab boʻlganlari yopiladi. Har bir viloyatda 3-4 tadan chiqindi poligoni maxsus eko-sanoat zonasiga aylantiriladi hamda ularda qayta ishlash va yoqish loyihalari amalga oshiriladi.

    Qolgan poligonlarda chiqindini vaqtincha toʻplab, qayta yuklaydigan stansiyalar ishga tushadi. Ular eko-sanoat zonasini kafolatlangan chiqindi massasi bilan taʼminlashga xizmat qiladi. Mutasaddilarga investor topib, oʻz hududida kamida bittadan chiqindini yoqish zavodi qurish loyihasini boshlash topshirildi.