2-5-iyul kunlari kuzatilgan jazirama kunlari tez yordamga qancha murojaat kelib tushgani maʼlum boʻldi

    Salomatlik 7 Iyul 2025 702

    Issiq havo sharoitida ehtiyot choralarini koʻrish toʻgʻrisida berilgan tavsiyalar tufayli chaqiriqlar soni undan oldingi haftaga nisbatan 1,2 foizga kamaygan.

    Gidrometeorologiya xizmati maʼlumotlariga koʻra, 2–5-iyul kunlari yurtimizga janubdan juda issiq ob–havo oqimi kirib kelishi natijasida anomal issiq kuzatildi.

    Shunday jazirama ob–havo sharoitida, “103” xizmatiga 247 459 ta chaqiriq kelib tushgan. Ulardan 172 676 tasi — shoshilinch holatlar, 65 163 tasi esa surunkali kasalliklar bilan bogʻliq murojaatlardir.

    Mutasaddilarning bildirishicha, aholi orasidagi targʻibot va tavsiyalar tufayli chaqiriqlar soni oldingi haftaga nisbatan 1,2 foizga kamaygan.