Buning uchun Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi hisobidan 248,2 milliard so‘m mablag‘ to‘landi. Bu esa uzluksiz davolanishni talab qiluvchi minglab fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
Bu davrda rasmiylashtirilgan elektron retseptlar soni 5,9 milliontani tashkil etdi.
Hududlar kesimida eng ko‘p mablag‘ Toshkent shahri (48,1 mlrd. so‘m), Samarqand (43,5 mlrd) va Buxoro (35 mlrd) viloyatlariga yo‘naltirildi.
E’tiborlisi, yurtimiz bo‘yicha berilgan dori vositalari hajmi sentabr oyida yanvar oyiga nisbatan 52 foizga oshdi.
SSV Matbuot xizmati.