Shu yilning 2-iyun kuni Yerda magnit boʻroni sodir boʻladi.
Koinot tadqiqotlari instituti va Rossiya Fanlar akademiyasining Quyosh va quruqlik fizikasi institutining rentgen-quyosh astronomiyasi laboratoriyasining bashorat qilishicha, uning kuchi G1 toifasiga toʻgʻri keladi.
G1 toifali magnit boʻronlari ahamiyatsiz hisoblanadi. Biroq ular elektr tarmoqlarining ishlashida tebranishlarga olib kelishi va sunʼiy yoʻldoshlarning ishlashiga taʼsir qilishi mumkin.
Ob-havoga taʼsirchan odamlar oʻzlarini yomon his qilishlari mumkin, deyiladi mir24.tv saytida.