Yerda kuchsiz magnit bo‘roni boshlandi, deb xabar berdi Amaliy geofizika instituti TASS agentligiga.
Koinot ob-havo monitoringi ma’lumotlariga ko‘ra, Yerning magnit maydonining buzilishi darajasi G1 darajasida. Magnit bo‘ron kuchi besh balli shkala bo‘yicha o‘lchanadi, bu yerda G5 “juda kuchli” va G1 “kuchsiz”, deb xabar berdi tass.ru.
23-mart kuni Rossiya Fanlar akademiyasi Koinot tadqiqotlari institutining Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi va Rossiya Fanlar akademiyasi Sibir bo‘limining Quyosh-Yer fizikasi instituti mutaxassislari Yer toj tuynugining ta’sir zonasida qolayotganini, shuning uchun “kuchsiz geomagnit o‘zgarishlar hali ham kuzatilishi mumkin”ligini xabar qilishdi.