Qayd etilishicha, “Oybek“ chegara bojxona posti orqali piyoda tarzda qoʻshni davlatga chiqib ketayotgan yoʻlovchi bojxona nazoratidan oʻtayotgan vaqtda oʻzining shubhali harakatlari bilan bojxona xodimlarining eʼtiborini tortgani bois yoʻlovchi belgilangan tartibda shaxsiy koʻrikdan oʻtkazildi.
Koʻrik natijasida yoʻlovchining shimi bel qismida hamda choʻntaklarida bojxona nazoratidan yashirilgan va belgilangan meʼyordan ortiq boʻlgan 2 370 000 Rossiya rubli miqdoridagi naqd xorijiy valyuta aniqlandi.