Dori-darmonlarning birlamchi bahosi 2 milliard soʻmga tengligi hamda ushbu vositalar COVID-19 infeksiya va boshqa kasalliklarga qarshi dorilar ekanligi aniqlangan.
Kecha 28-oktyabr kuni, Namangan shahrida yashovchi 37 yoshli S.X. hamda 34 yoshli A.Oʻ. boshqaruvidagi “Lacetti” Namangandan Toshkent tomon harakatlanadi. Harakat davomida avtotransport vositalari “Chinor” YPX maskanida xolislar ishtirokida koʻzdan kechiriladi. Koʻzdan kechirish vaqtida avtotransport vositalarining yukxona va salonida birlamchi taxminiy narxi 2 milliard soʻmga teng boʻlgan, bir necha turdagi dori vositalari hech qanday hujjatsiz Toshkent shahriga olib ketayotganligi aniqlandi va rasmiylashtirilib olingan.
Qoʻlga olingan shaxslar bilan olib borilgan surishtiruv davomida, ular ushbu dori-vositalarini tanishi – Namangan shahrida yashovchi 1988-yilda tugʻilgan S.A. Toshkent shahriga olib borib berish uchun buyurtma sifatida olganliklari aniqlangan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan viloyat IIBB JQB Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boʻlimi tomonidan qoʻshimcha surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati