Bu haqda Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati maʼlum qildi.
Yangiyoʻl tumanida yashovchi 2002-y.t. “Bonu” taxallusi bilan tanilgan ayol, Toshkent va Xorazm viloyatida yashovchi, ikki nafar tengdoshi (ayollar)ni moʻmay daromad topadigan ish topib berishni vaʼda qilib, fohishalik bilan shugʻullantirish maqsadida (Toshkent xalqaro aeroportidan Toshkent — Jukovskiy aviareysi orqali) Rossiya Federatsiyasiga joʻnatayotgan vaqtida viloyat IIBB tezkor xodimlari tomonidan ushlandi.
Mazkur holatlar yuzasidan ushlangan shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 135-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Maʼlumot oʻrnida, 2023-yil davomida viloyat IIBB va uning quyi tizim xodimlari tomonidan “odam savdosi”ga qarshi kurash yoʻnalishida amalga oshirilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Toshkent viloyatida 15 nafar fuqarolarni odam savdosi qurboni boʻlishing oldi olindi.
Aniqlangan holatlar yuzasidan 19 nafar ayol va 3 nafar erkak jami 22 nafar shaxsga nisbatan jazo muqarrarligi taʼminlanib, jinoiy javobgarlikka tortilgan.