Unda Toshkent tibbiyot akademiyasining  "Darmon" teatr jamoasi, FarPIning "QIRGULI" teatr jamoasi, UrDUning “Sayqal” teatr jamoasi hamda JizDPIning "Istedod" teatr jamoalari ishtirok etishdi. 

Talabalarimiz tomonidan ijro etilgan “To'lg'onoy” spektakli tomoshabinlar qalbidan joy oldi. Spektaklda urushga jo'nab ketgan o'g'illari hamda turmush o'rtog'ini kutayotgan ayol qiyofasi aks ettirilgan bo'lib, ushbu obraz iste'dodli talabalar tomonidan yuksak mahorat bilan  ijro etildi. Shuningdek, sovuq urush yillarining ayanchli va zahmatli kunlari, insonlarning qanday qiyinchilikka to'la vaqtlarni boshidan kechirgani ko'rsatib berildi.

Xakamlar hay'ati a'zolarining yakuniy xulosasiga ko'ra, 2 ta jamoa Toshkent tibbiyot akademiyasi va FarPI teatr jamoalari final yo'llanmasini qo'lga kiritishdi, deb xabar bermoqda Toshkent tibbiyot akademiyasi matbuot xizmati.