Xatirchi tumanidagi 31-maktab direktori Maqsud Eshturdiyev olgan 10 mln soʻm mukofot puliga maktab uchun gazeta va jurnallarga obuna boʻldi, kitob va sport jihozlari sotib oldi. Shuningdek, direktor OTMga kirgan oʻquvchilarning ota-onalari hamda oʻqituvchilarini ham ragʻbatlantirgan.
Navoiy shahridagi 12-davlat ixtisoslashgan umumtaʼlim maktabning direktori Odiljon Boboqulov esa mazkur mukofot pulini toʻligʻicha maktabning sobiq direktori, marhum Azamat Azimov oilasiga tuhfa qildi. Marhum direktorligi davrida mazkur maktab koʻpgina yoʻnalishlar boʻyicha viloyat va respublika miqyosida yuqori koʻrsatkichlarga erishgan edi.
Har ikkala direktorning qilgan ishi ijtimoiy tarmoqlarda olqishlarga sazovor boʻldi.
Maʼlumot uchun, viloyatda 106 nafar direktor 10 mln soʻmdan mukofot olgan.