2 ta Sparkni 500 AQSH dollariga sotib olgan firibgarga qonuniy chora ko'rildi

    Xavfsizlik 20 Oktabr 2020 479

    Bu haqda Namangan viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

    Joriy yilning 10 oktyabr kuni Toshkent shahrida yashovchi fuqaro ariza bilan murojaat qildi. Ma'lum bo'lishicha, 2020 yil yanvar oyida Namangan shahrida yashovchi tanishi uning ishonchiga kirib, 2 dona Spark rusumli avtomashinalarni 26.200 AQSH dollariga sotib olishga kelishgan.

    500 AQSH dollarini berib, qolgan pullarini har oyda 350 AQSH dollaridan 3 yil davomida berishini aytib, avtomashinalarni boshqa shaxsga sotib yuborgani, biroq pullarni bermayotganini ma'lum qilib, chora ko'rishni so'ragan.

    Qayd etilishicha, ushbu holat bo'yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 17 oktyabr kuni Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.