Avstriyaning “Red Bull” jamoasini qabul qilgan Angliyaning Chelsi klubi oʻyinda favorit sifatida koʻrilgan boʻlsada, raqiblari bilan ochko boʻlishishga majbur boʻldi – 1:1. Yana bir ingliz forvard jamoasi – “Manchester siti” ham 2-tur oʻyinini kutilmagan holat bilavn boshladi. Oʻz uyida Germaniyaning “Borussiya D” jamoasini mehmon qilgan shaharliklar avvaliga gol oʻtkazib yuborib, keyinchalik bambekni amalga oshirdi va nemis klubini 2:1 hisobida yengdi.

Fransiyaning yulduzli “PSJ”si, Italiyaning “Napoli” jamoasi va Ispaniya qirollik klubi ushbu turda ishonchli gʻalabaga erishgan boʻlsa, Italiyaning afsonaviy “Yuve”si oʻz maydonida Portugaliyaning “Benfika”siga imkoniyatni boy berdi – 1:2

Kecha tunda 2-tur doirasida oʻtkazilgan oʻyinlarda quyidagi natijalar qayd etildi:

Chelsi (Angliya) – Red Bull (Avstriya) 1:1

“Stemford Brij” stadioni, gollar: 1:0 – 48 Sterling, 1:1 – 75 Okafor.

Kopengagen (Daniya) – Sevilya (Ispaniya) 0:0 (0:0, 0:0)

“Parken” stadioni.

Makkabi Xayfa (Isroil) – PSJ (Fransiya) 1:3 (1:1, 0:2)

“Sammi Ofer” stadioni, gollar: 1:0 – 24 Sheri, 1:1 – 37 Messi, 1:2 – 69 Mbappe, 1:3 – 88 Neymar.

Yuventus (Italiya) – Benfika (Portugaliya) 1:2 (1:1, 0:1)

“Alyans Stedium”, gollar: 1:0 – 4 Milik, 1:1 – 43, penalti Joau Mariu, 1:2 – 55 Neres.

Reynjers (Shotlandiya) – Napoli (Italiya) 0:3 (0:0, 0:3)

“Aybroks” stadioni, gollar: 0:1 – 68, penalti Politano, 0:2 – 85 Raspadori, 0:3 – 90 Ndombele.

“Real Madrid” – RB “Leypsig” 2:0

“Santyago Bernabeu” stadioni, gollar: 1:0 – 80 Valverde, 2:0 – 90 Asensio.

“Manchester Siti” (Angliya) – “Borussiya D” (Germaniya) 2:1

“Etixad Stedium”, gollar: 56 - Billingem (Roys), 80 - Stounz, 84 - Xoland (Kanselu)