Bo'stonliq tumanida turizm sohasini rivojlantirish va shu orqali aholi daromadlarini oshirish yuzasidan ham muhim vazifalar belgilangan.
Ayni kunlarda mazkur hujjat ijrosini ta'minlash yuzasidan hududda jahon standartlariga mos mehmonxonalar, salomatlik markazlari, restoran va ko'ngilochar maskanlar qurish ishlari jadal davom etmoqda.
Joriy yil oxiri va 2022 yillarda bitishi mo'ljallanayotgan ushbu binolarning ishga tushishi bilan Bo'stonliqqa keluvchi sayyohlar uchun xizmat sifatlari bir necha baravarga oshishi, mazkur maskanlarning har birida 20 dan 380 tagacha yangi ish o'rinlari yaratilishi ko'zda tutilgan.
Aytish joizki, "CHorvoq" suv ombori yaqinida bunyod etilayotgan yangi mehmonxona va kottejlar qurilishi ushbu hududdagi daraxtlarni kesmagan holda amalga oshirilmoqda.