20 nafar ijodkor “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti bilan taqdirlandi.

    Ular bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida pul mukofoti bilan moddiy ragʻbatlantirildi.

    31-yanvar kuni mamlakatimiz madaniyati va sanʼatini yuksaltirish, uning xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirishda salmoqli, serqirra ijodi bilan katta hissa qoʻshgan isteʼdodli bir guruh ijodkorlar “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti bilan taqdirlandi.

    “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti bilan taqdirlash marosimi har yilgidan koʻra, bu yil oʻzgacha ruh va formatda oʻtkazilganligi bilan ajralib turdi.

    Mukofotga teatr, sirk, musiqa sohasining estrada, anʼanaviy, akademik, folklor, bastakorlik, kompozitorlik, raqs, shuningdek, tasviriy va amaliy sanʼat, badiiy ijod hamda madaniyat va sanʼatning boshqa yoʻnalishlarida faoliyat yuritayotgan soha vakillari orasidan nomzodlar koʻrsatilib, 20 nafari taqdirlandi.

    Kino, teatr va ommaviy tomoshalar yoʻnalishi:

    Yilning eng yaxshi spektakli – Choʻlpon spektakli;

    Yilning eng yaxshi badiiy filmi – Bahodir Yalangtoʻsh;

    Yilning eng yaxshi qoʻgʻirchoq spektakli – Qashqadaryo viloyati “Alp oʻgʻlon” spektakli;

    Yilning eng yaxshi teatr aktyori – Hamza Hasanov;

    Yilning eng yaxshi teatr aktrisasi – Sevara Shodiyeva;

    Yilning eng yaxshi teatr rejissyori – Obidjon Abdullayev;

    Yilning eng yaxshi qiziqchisi – Jamshid Normatov;

    Yilning eng yaxshi sirk artisti – Darina Matveeva.

    Estrada, anʼanaviy, opera xonandaligi, musiqa ijrochiligi va raqs sanʼati yoʻnalishi:

    Yilning eng yaxshi anʼanaviy erkak xonandasi – Bobur Kenjayev;

    Yilning eng yaxshi anʼanaviy ayol xonandasi – Adolat Ismoilova;

    Yilning eng yaxshi opera ijrochisi – Otabek Nazirov;

    Yilning eng yaxshi estrada erkak xonandasi – Gʻaybulla Tursunov;

    Yilning eng yaxshi estrada ayol xonandasi – Jasmin (Madina Fayzullayeva);

    Yilning eng yaxshi orkestri – Oʻzbekiston davlat simfonik orkestri;

    Yilning eng yaxshi raqqosasi – Dilnoza Mirzayeva;

    Yilning eng yaxshi sozandasi – Saidakbar Tursunxoʻjayev.

    Tasviriy va amaliy sanʼat yoʻnalishi:

    Aholiga xizmat qilgan yilning eng yaxshi kutubxonasi – Saʼdulla Qurbonboyev;

    Yilning eng yaxshi adibi (shoiri) – Qutlibeka Rahimboyeva;

    Yilning eng yaxshi milliy madaniyat markazi – Respublika Turkman milliy madaniy markazi;

    Yilning eng yaxshi media loyihasi – Ovoz.

    Mukofotga sazovor boʻlgan ijodkorlar madaniyat vazirining buyrugʻi asosida mukofotning maxsus statuetkasi hamda sertifikati, shu bilan birga, bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida pul mukofoti bilan moddiy ragʻbatlantirildi.