Qayd etilishicha, ertaga Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab biroz yomgʻir yogʻadi, kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-10 daraja iliq, kunduzi 13-15 daraja iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati;

havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari;

havo biroz bulutli boʻladi, kechga tomon baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 11-16 daraja iliq, choʻl hududlarda 3-8 daraja iliq boʻladi.

Toshkent viloyati;

havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.

Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari;

havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari;

havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlari;

havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq boʻladi.

Togʻli hududlari;

havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq boʻladi.