BMT Bosh Assambleyasining 2010-yil 3-iyundagi rezolyutsiyasiga asosan 20-oktabr – Butunjahon statistika kuni deb eʼlon qilingan. Ushbu sana har besh yilda bir marotaba keng miqyosda oʻtkaziladi.
Mazkur rezolyutsiyaga koʻra, BMT barcha aʼzo mamlakatlarni, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarni, ilmiy tadqiqot institutlarini, ommaviy axborot vositalarini, rasmiy statistikaning barcha foydalanuvchilarini ushbu kunni keng bayram qilishga, shu bilan birga statistik maʼlumotlarning ochiq, xolis va haqqoniyligini taʼminlashga chaqiradi.
Joriy yilda uchinchi marotaba oʻtkazilayotgan ushbu sana BMT Statistika komissiyasi tashabbusiga koʻra “Dunyoni oʻzimiz ishongan maʼlumotlar bilan birlashtiraylik” shiori ostida oʻtmoqda.