Taʼkidlanishicha, Angren shahrida yashovchi 2004-yilda tugʻilgan (A.R.) oson pul topish maqsadida oʻziga tanish boʻlgan 20 yoshli qiz (S.T.)ni aldab, uni moʻmay daromad topishga ishontirgan va Toshkent xalqaro aeroporti orqali Dubay shahriga fohishalik uchun joʻnatayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlandi.
Maʼlumotga koʻra, yigit yosh qizni joʻnatayotgani uchun Dubay shahrida yashovchi ayoldan 2 000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olgan.
Hozirda ushlangan shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 135-moddasi (yaʼni Odam savdosi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.