Sifati kafolatlanmagan dori vositalarini noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Xususan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda Toshkent viloyati hududida tezkor tadbir oʻtkazishdi.

Tadbir davomida, Toshkent viloyatidagi ovqatlanish shoxobchalaridan biri yaqinida fuqarolar X.A. va Gʻ.X.lar “Isuzi” rusumli yuk avtouloviga ortilgan, umumiy qiymati 200 million soʻmlik 1000 dona qutilardagi sifati kafolatlanmagan “NPP Askorbin kislotasi” nomli dori vositalarini shartli xaridorga sotmoqchi boʻlganida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.