1997 yil namunasidagi 200 so'mlik;

1999 yil namunasidagi 500 so'mlik banknotlar 2020 yil 1 iyuldan qonuniy to'lov vositasi sifatida o'z kuchini yo'qotadi.

eski namunadagi ushbu pul belgilari 2020 yil 1 iyulga qadar barcha tijorat banklari bo'linmalari, 2020 yil 1 iyuldan keyin esa Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari Hisob-kitob kassa markazlari tomonidan qabul qilinadi va muomaladagi pul belgilariga cheklanmagan miqdorda almashtirib beriladi.

SHu munosabat bilan, eski namunadagi 200 so'mlik va 500 so'mlik banknotlaringiz mavjud bo'lsa, belgilangan tartibda muomaladagi pul belgilariga almashtirib olishingiz mumkin. Bu haqda Markaziy bank ma'lum qildi.