Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Futbol federatsiyasi, Turizm va sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi bilan birgalikda sportning mini futbol turi boʻyicha voyaga yetmaganlar orasida 9-12 yosh oraligʻida “Futbolimiz kelajagi” hamda 13-14 yosh oraligʻida “Mahallada futbol” musobaqalarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi boʻlib oʻtdi.

Musobaqani tashkil etishdan asosiy maqsad yurtimizda futbolni yanada rivojlantirish, mahallalardagi bolalar va voyaga yetmaganlar orasida ommalashtirish orqali ularni jismoniy sogʻlom etib tarbiyalash, mahalla yoshlarini sportga keng jalb qilgan holda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, iqtidorli yoshlarni aniqlashdan iborat.

Mahallalardagi bolalar ishtirokida tashkil etilgan “Futbolimiz kelajagi” “Mahallada futbol” musobaqalarining mahallalararo, shahar va tuman bosqichlarida jami 2000 dan ortiq voyaga yetmagan yoshlar ishtiroki taʼminlandi.

Musobaqaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida mintaqaviy bosqichlarda gʻolib boʻlgan 2 yosh toifasi boʻyicha 7 ta shahar va tumanlardan 8 ta jamoa bellashdi.

Qiziqarli va keskin vaziyatlarga boy boʻlib oʻtgan musoabaqa yakunlariga koʻra

- 9-12 yosh oraligʻida voyaga yetmagan yoshlar orasida 1-oʻrinni Nukus shahar “Jipek jolы” MFY, 2-oʻrinni Qoʻngʻirot tumani “Qoңыrat” MFY, 3-oʻrinni Qoraoʻzak tumani “Atamǝkan” MFY jamolari egallagan boʻlsa;

- 13-14 yosh oraligʻida 1-oʻrinni Nukus shahar “Shыgʻыs” MFY, 2-oʻrinni Shumanay tumani “Mamыy” OFY, 3-oʻrinni Kegeyli tumani “Abat mǝkan” MFY jamoalari egalladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi va sovrindorlarga tashkil etuvchilar tomonidan tayyorlangan diplom va qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.