U kutilmaganda “New Impluse” operatori — 30 yoshli N.E.ning sochidan ushlab, boʻyniga yonida boʻlgan oʻtkir tigʻli jismni tirab, bor pullarni berishni talab qiladi.

Berilgan 200.000 soʻm atrofidagi pullarni olib, nomaʼlum tomonga qochib yashirinadi.

Mazkur jinoyat ishi Yashnobod tumani IIO FMB TB tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 164-moddasi 2-qismi “a” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida mazkur jinoyatni 46 yoshli I.P. sodir etganligi aniqlanib, u protsessual tartibida ushlangan.

Hozirda yuqoridagi shaxs nima sababdan bosqinchilikka qoʻl urgani aniqlanmoqda, deya xabar beradi IIV huzuridagi Tergov departamenti.