Energetika vazirligi axborot xizmati taqdim etgan maʼlumotlarga koʻra, 2016-yilda respublika isteʼmolchilariga 45,7 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi yetkazib berilgan.
2017-yilda ushbu koʻrsatkich 47,4 milliard kilovatt-soatni, 2018-yilda 50,5 milliard kilovatt-soatni tashkil etgan.
2019-yilda elektr energiyasi taʼminoti hajmi 52,7 milliard kilovatt-soatga, 2020-yilda esa 55,8 milliard kilovatt-soatga yetgan.
2021-yilda isteʼmolchilarga 59,1 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi yetkazib berilgan boʻlsa, 2022-yilda bu koʻrsatkich 62,6 milliard kilovatt-soatni tashkil etgan.
Keyingi yillarda ham oʻsish surʼatlari saqlanib qolib, 2023-yilda 66,1 milliard kilovatt-soat, 2024-yilda 67,5 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi taʼminlangan. 2025-yilda esa respublika isteʼmolchilariga jami 71,0 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi yetkazib berilgan.
Tahlillarga koʻra, 2025-yilda isteʼmolchilarga yetkazib berilgan elektr energiyasi hajmi 2016-yilga nisbatan 25,3 milliard kilovatt-soatga yoki 55 foizga koʻp boʻlgan. Bu esa mamlakatda energetika tizimini rivojlantirish, elektr taʼminoti barqarorligini oshirish va iqtisodiyot hamda aholining oʻsib borayotgan talabini qondirishga qaratilgan chora-tadbirlar samarali amalga oshirilayotganini koʻrsatadi.