“Milliy tiklanish” demokratik partiyasining fraktsiyasi quyidagi takliflarni kiritdi:

1) Mavjud 9691 ta maktablarning 1350 tasi rekonstruktsiya, 1312 tasi mukammal ta'mirlashga muhtoj. 173 ta yangi maktab qurilishi zarur. Maktablarni zamonaviy jihozlashga etarli e'tibor qaratilmayapti. Ushbu maqsadlarga 29,1 trln. mablag' ajratilishi kerak. 2021 yil byudjetida ushbu masalani hozirdan rejalashtirilishi kerak;

2) “Davlat byudjeti to'g'risida”gi Qonun loyihasini dekabr oyida kiritilishi byudjet tashkilotlarining aprel oyigacha to'laqonli faoliyat ko'rsatishiga to'sqinlik qilmoqda.  Masalan hisobot davrida joriy xarajatlar Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan 19 foizga, Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan 23,7 foizga ijro qilingan.  Hukumat tomonidan kelgusi yil uchun byudjet qonun loyihasi joriy yilning 1 sentyabrigacha kiritilishi va 10 noyabrigacha qabul qilinishi masalasini muhokama qilishni taklif qilamiz;

3) Byudjet tashkilotlarida olib boriladigan nazorat faoliyatlari moliyaviy xatoliklarni muntazamlashganligini ko'rsatmoqda. 2019 yilda tekshirilgan tashkilotlarning 80 foizida moliyaviy xatoliklar aniqlangan va ushbu xatoliklarning 90 foizga yaqini noqonuniy xarajatlardan iborat. 2020 yilning 1 choragida ham holat deyarli aynan takrorlangan. Bu masalada muammo borligi yaqqol ko'rinmoqda. Sohada jiddiy islohotlarga zarurat bor.

Alisher Qodirov, 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

Spikerining o'rinbosari